Dubayda yangi metro: dunyodagi eng baland stansiya quriladi

Dubayda yangi metro: dunyodagi eng baland stansiya quriladi
Dubay shahri o‘zining zamonaviy infratuzilmasi va innovatsion qurilish loyihalari bilan yana bir bor e’tibor markazida. Yangi xabarlarga ko‘ra, Amirliklar metropolitenining yangi tarmoqlarini qurishga rasman start berildi. Loyiha doirasida barpo etiladigan metro yo‘llari nafaqat shahar manzarasini o‘zgartirishi, balki kundan-kunga ortgan transport harakati tiqinlarini ham ancha yengillashtiradi.

Yangi metro tarmog‘i Dubayning shimoli-sharqiy hududini shahar markazi va Dubay xalqaro aeroporti bilan bevosita bog‘laydi. Bu esa katta miqdordagi yo‘lovchilar uchun qulaylik, tezlik va zamonaviy transport imkoniyatlarini yaratishi aniq.
Dubayda yangi metro: dunyodagi eng baland stansiya quriladi
Ayniqsa, loyiha doirasida quriladigan Emaar Properties stansiyasi alohida e’tiborga loyiq. 74 metr balandlikda joylashadigan ushbu stansiya dunyoning eng baland metro stansiyasi sifatida tarixga kiradi. Bunday arxitekturaviy va muhandislik yechimlari Dubayni yanada jozibali va texnik taraqqiyot markazi sifatida namoyon etadi.

Ta’kidlash joizki, yangi metro yo‘li faqatgina shahar ko‘rinishini o‘zgartirib qo‘ymasdan, transport sohasidagi yukni ham sezilarli darajada kamaytiradi. Mutasaddilar ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur texnik mo‘jiza 2029 yilda rasman foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Dubayda yangi metro: dunyodagi eng baland stansiya quriladi
Yangi metro loyihasi Dubaydagi zamonaviy va ekologik toza transport tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi, millionlab yo‘lovchilar uchun qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.