Ramzon Qodirov mashg‘ulotda olgan jarohati sabab operasiya qilindi


Chechiniston rahbari Ramzan Qodirov mashg‘ulotlar vaqtida olgan jarohatlar sabab unda jarrohlik operasiyasi o‘tkazilganini ma’lum qildi.
\"Siz mashg‘ulotlarda raqiblarim menga zarba bera olmasligini ko‘p yozardingiz. Bu safar boshqacha bo‘ldi\", — deb yozgan Qodirov Instagram’dagi o‘z sahifasida.
Chechiniston rahbari shu bilan birga respublikadagi shifokorlarning saviyasiga yuqori baho bergan. Qodirovning ta’kidlashicha, uni boshqa mamlakatda operasiya qilish tavsiya etilganiga qaramay, u Rossiyada qolgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













