Tesla Diner: Ofitsiantlar rolikda, popkornni robot tarqatadi

Tesla Diner: Ofitsiantlar rolikda, popkornni robot tarqatadi
Tesla Diner: Ofitsiantlar rolikda, popkornni robot tarqatadi

\"Tesla Diner\"- u 24 soat faoliyat yuritadigan zamonaviy oshxona bo‘lib, unda mijozlarga yeguliklar rolikda harakatlanuvchi ofitsiantlar tomonidan olib kelinadi. Yana bir o‘ziga xos jihat — popkornni maxsus robot tarqatadi. Bu haqda Tesla kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi, deb yozmoqda Pravilamag.

Tesla Diner: Ofitsiantlar rolikda, popkornni robot tarqatadi

Tesla Diner: Ofitsiantlar rolikda, popkornni robot tarqatadi

Tez taomlar taklif etiladigan ushbu oshxona 1950 yillar Amerika avtomobili va retro-kinoteatrlar atmosferasini esga soluvchi intererga ega. Burgeri, xot-dog, kartoshka-fri, qanotchalar, kokteyllar va sendvichlardan iborat menyu yuqori texnologiya bilan uyg‘un holda taqdim etiladi.

Ta’kidlash joizki, “Tesla Diner” nafaqat ovqatlanish joyi, balki elektromobillar uchun zamonaviy zaryadlash markazi ham hisoblanadi. Shuningdek, oshxona yonida ochiq osmon ostida kinoteatr ham tashkil etilgan.

Ilon Mask ushbu loyihani yuqori baholab, bu maskan Los-Anjelesdagi eng ajoyib joylardan biriga aylanganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa bunga katta mehnat bilan erishgan.

Ayni paytda Maskning xAI start-up\'i ham faoliyat olib bormoqda. Yaqinda kompaniya anime qiyofasidagi avatarlar yaratuvchi mutaxassislar uchun vakansiya e’lon qildi. Ushbu lavozim uchun maosh — yiliga 440 ming dollargacha.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.