Sochida so‘nggi 5 yil ichidagi rekord darajada qor yog‘di

Sochida so‘nggi 5 yil ichidagi rekord darajada qor yog‘di
Sochida so‘nggi 5 yil ichidagi rekord darajada qor yog‘di

Sochida so‘nggi 5 yil ichidagi rekord darajadagi qor yog‘ishi kuzatildi. Shanba kuni ertalab boshlangan qor yog‘ishi kun oxiriga kelib 63 santimetrni tashkil qildi, – deyiladi shahar ma’muriyatining rasmiy saytida.

“Sochi rahbarining birinchi o‘rinbosari Mugdin Chermit rahbarligida tezkorlik bilan joylarda shtab yaratildi. Ko‘chalarni tozalashga barcha kuchlar tashlandi”, – deyiladi xabarda.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, sinovli uchishni amalga oshirish uchun trassalari ochilgan tog‘ chang‘i kurortlarida alohida ish olib borilmoqda. Shahar ma’muriyati xodimlari hamda ko‘ngillilar uchun kerakli ashyolar tayyorlangan, shuningdek, yakshanba kuni yo‘llarni tozalovchi qo‘shimcha texnika ham kelishi rejalashtirilgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

“Ertaga kun ilishi, yomg‘ir va er yaxlashi kutilmoqda”, – deya qo‘shimcha qilinadi shahar ma’muriyatining rasmiy saytida.
Sochida so‘nggi 5 yil ichidagi rekord darajada qor yog‘di

Sochida so‘nggi 5 yil ichidagi rekord darajada qor yog‘di

Sochida so‘nggi 5 yil ichidagi rekord darajada qor yog‘di
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.