Erdo‘g‘an Qozog‘istonga tashrifini bekor qildi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbulda sodir etilgan terakt sabab Qozog‘istonga tashrifini bekor qildi.
Eslatib o‘tamiz, Istanbulda Toshkent vaqti bilan 00.30da Machka parki va “Vodafon Arena” stadioni oldida yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u xudkush va minalashtirilgan mashina yordamida amalga oshirilgan.
Shu paytga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, portlash qurbonlari soni 29 nafarga etdi, ulardan 27 nafari polisiya xodimi. Bundan tashqari, Turkiyaning «Beshiktosh» jamoasining 2 nafar xodimi ham halok bo‘lgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyiib Erdo‘g‘anning ma’lum qilishicha, Istanbuldagi teraktlardan maqsad yanada ko‘proq kishilarni o‘ldirish bo‘lgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













