Sochida dron xavfi: turistlar plyajdan evakuatsiya qilindi

Sochida dron xavfi: turistlar plyajdan evakuatsiya qilindi

Rossiyaning Sochi shahrida dron hujumlari xavfi sabab plyajlardagi turistlar shoshilinch ravishda xavfsiz hududlarga olib chiqildi. Shahar meri Andrey Proshuninning ma’lum qilishicha, aholiga derezasiz joylarda qolish va tashqaridan iloji boricha uzoqlashish tavsiya etilgan.

Maktablar, plyajlar va ochiq basseynlar bo‘shatilmoqda. Jumladan, “Sirius” hududidagi Olimpiya inshootlari atrofida dam olayotganlar ham evakuatsiya qilingan. Sochi aeroportida samolyotlar parvoz va qo‘nishlariga cheklovlar joriy qilinib, o‘nlab reyslar kechiktirilmoqda.

Shuningdek, Abxaziya bilan chegaradagi “Psoy” nazorat-o‘tkazuv punkti vaqtincha yopilgan. Hukumat fuqarolardan PVO harakatlari yoki dron qoldiqlari aks etgan videolarni suratga olmaslikni so‘ramoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.