Makron: Ukraina kelajagi ukrainaliklarsiz hal etilmaydi

Makron: Ukraina kelajagi ukrainaliklarsiz hal etilmaydi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron “X” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Ukraina kelajagi ukrainaliklar ishtirokisiz hal etilmasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari ham Ukrainadagi tinchlik yechimining muhim qismi hisoblanadi, chunki masala Yevropa xavfsizligiga ham taalluqli.

Makron Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer va Germaniya Kansleri Fridrix Mers bilan Donald Tramp va Vladimir Putinning bo‘lajak uchrashuvi rejalari haqida gaplashganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Makron va bir qator Yevropa davlatlari yetakchilari bilan telefon orqali muloqot qilganini aytdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.