Rossiya va O‘zbekiston 35 milliard dollarlik loyiha tayyorlamoqda

Rossiya va O‘zbekiston 35 milliard dollarlik loyiha tayyorlamoqda

Rossiya va O‘zbekiston qiymati 35 milliard dollarni tashkil etuvchi yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb Kursiv.media xabar berdi. Loyiha turli sohalarni, jumladan, energetika va sanoatni qamrab oladi.

Muzokaralar chog‘ida ikki davlat iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va investitsiyalarni ko‘paytirish masalalarini muhokama qildi. Rossiyaning yirik kompaniyalari ushbu jarayonda faol ishtirok etmoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu hamkorlik ikki davlatning strategik munosabatlarini mustahkamlab, yangi ish o‘rinlari yaratish va savdo hajmini oshirishga xizmat qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.