Turkiyada qayiq cho‘kishi oqibatida ikki bola qidirilmoqda

Turkiyada qayiq cho‘kishi oqibatida ikki bola qidirilmoqda

Turkiyaning Mug‘la viloyatida, Egey dengizi sohillarida kichik qayiq halokatga uchradi.

TRT Haber\'ning yozishicha, qayiqda jami 8 kishi bo‘lgan. Ulardan olti nafari o‘z kuchiga suyanib, qirg‘oqqa yetib olgan. Biroq ikki nafar bola haligacha bedarak yo‘qolgan.

Mug‘la viloyati gubernatori Idris Akbyik ma’lumot berishicha, qidiruv-qutqaruv ishlariga bitta vertolyot, uchta qutqaruv qayig‘i va ikkita g‘avvoslar guruhi jalb etilgan.

Hozirda dengizdagi izlash ishlari to‘xtamay olib borilmoqda. Hokimiyat va qutqaruvchilar bedarak yo‘qolgan bolalarni topish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.