Germaniya iqtisodiyoti asta-sekin jonlanmoqda

Germaniya iqtisodiyoti asta-sekin jonlanmoqda
Germaniyada tadbirkorlarning kayfiyati kutilmaganda ko‘tarilib, so‘nggi 15 oy ichidagi eng yuqori darajaga chiqdi. Bu haqida Ifo instituti avgust oyida o‘tkazgan so‘rov natijalari ma’lum qildi.

Hisobotga ko‘ra, biznes iqlimi indeksi iyuldagi 88,6 ko‘rsatkichidan 89,0 ga oshdi. Mutaxassislar esa pasayish bo‘lishini taxmin qilgan edi.

Shunga qaramay, iqtisodiyotdagi tiklanish juda sekin bormoqda. Ifo prezidenti Klemens Fuestning so‘zlariga ko‘ra, umumiy vaziyat hanuz ijobiy emas.

Ikkinchi chorakda Germaniya iqtisodiyoti 0,3 foizga qisqargan. Uchinchi chorakda esa atigi 0,1 foiz o‘sish kutilmoqda. Eksport bo‘yicha taxminlar ham biroz pasaygan.

Mutaxassislar hukumatning infratuzilma loyihalari va Yevropa Markaziy bankining foiz stavkalarini pasaytirishi iqtisodiy faollikni asta-sekin tiklashiga yordam beradi, deb hisoblamoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Oqiljon Muhammad
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.