Xitoy dengiz flotini tezlik bilan kuchaytirmoqda

Xitoy dengiz flotini tezlik bilan kuchaytirmoqda
Xitoy so‘nggi yillarda kemasozlikni keskin rivojlantirib, dunyodagi eng katta harbiy flotlardan biriga aylandi. Bugungi kunda Xitoyda 234 ta jangovar kema mavjud bo‘lib, bu ko‘rsatkich AQSh dengiz flotidan ham ko‘proqdir.

Mutaxassislarning aytishicha, Xitoy kemasozlik imkoniyatlari AQShnikidan yuzlab barobar katta. Shu sababli Xitoy qisqa vaqt ichida ko‘plab yangi kemalarni qurib, dengizdagi kuchini oshirmoqda.

Shu bilan birga, AQSh hanuz texnik jihatdan ustun. Amerikada ko‘plab yirik aviatsiya tashuvchi kemalar va zamonaviy suv osti kemalari bor. Xitoyda esa hozircha faqat ikki dona samolyot tashuvchi mavjud.

Ammo Xitoy o‘z qudratini tez kengaytiryapti. Janubiy Xitoy dengizida yangi bazalar qurilmoqda, suv osti dronlari va raketa tizimlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu esa mintaqadagi kuchlar muvozanatiga ta’sir qilishi mumkin.

Pekin rahbariyati flotni kuchaytirishni milliy xavfsizlik bilan izohlamoqda. Prezident Si Szinpin Xitoy endi xorijiy tajovuzlar oldida zaif bo‘lmasligini ta’kidlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Oqiljon Muhammad
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.