Avstraliyada “qo‘ziqorin qotili” 33 yilga qamaldi

Avstraliyada “qo‘ziqorin qotili” 33 yilga qamaldi

Avstraliyada “qo‘ziqorin qotili” 33 yilga qamaldi
Avstraliyada uch qarindoshini zaharli qo‘ziqorin qo‘shilgan ovqat bilan o‘ldirgan Erin Patterson 33 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu Viktoriya shtatida ayol jinoyatchiga berilgan eng og‘ir jazolardan biri bo‘ldi.

Sudya Patterson jinoyatni oldindan rejalashtirgani va pushaymonlik ko‘rsatmaganini aytdi. U qaynonasi, qaynotasi va ular qarindoshini o‘ldirishda aybdor deb topildi. Yana bir qarindosh esa omon qoldi.

Jinoyat qurbonlari oilalariga katta zarar yetkazdi. Sudya Patterson nafaqat uch kishining hayotini barbod qilgani, balki ularning yaqinlarini ham ruhiy azobga solganini ta’kidladi.

Patterson o‘zini aybsiz deb hisoblashda davom etmoqda. U 33 yilni o‘taganidan keyin shartli ozodlikka chiqish huquqiga ega bo‘ladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Oqiljon Muhammad
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.