Ukrainada Saakashvili vorisi tayinlandi

Ukrainada Saakashvili vorisi tayinlandi
Ukrainada Saakashvili vorisi tayinlandi

Ukraina vazirlar mahkamasi 21 dekabrdagi yig‘ilishda Maksim Stepanovni Odessa viloyati gubernatori qilib tayinladi.

20 dekabrda Ukrainaning davlat xizmati masalalari bo‘yicha milliy agentligi \"Ukraina\" matbaa kombinatining direktori Stepanov Odessa viloyati gubernatori lavozimiga o‘tkazilgan tanlovni yutganini ma’lum qilgandi. Ushbu lavozim uni 9 noyabrda Mixail Saakashvili tark etgandan keyin bo‘sh qolayotgandi.

Stepanov yangi lavozimini egallashi uchun Ukraina prezidenti bu haqda tegishli farmon chiqarishi kerak.

Stepanov avval Odessa viloyati gubernatori birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.