Malaysia Airlines samolyoti London aeroportida shoshilinch qo‘nishni amalga oshirdi


Malaysia Airlines aviakompaniyasining samolyoti eshiklaridan biridagi texnik muammolar tufayli London aeroportida shoshilinch qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Hodisa Buyuk Britaniya poytaxtidan Kuala-Lumpurga yo‘l olgan Airbus A380 Germaniya havo hududida bo‘lgan payt ro‘y berdi. Yo‘lovchilar xavfsizligidan kelib chiqib, kapitan London aeroportiga qaytishga qaror qildi.
Aviakompaniya vakillari texnik mutaxassislar layner holatini sinchiklab o‘rganishi, yo‘lovchilarga zarur yordam ko‘rsatilishini bildirdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













