Tramp: Yevropa mamlakatlari halokat yo‘liga kirib bormoqda

Tramp: Yevropa mamlakatlari halokat yo‘liga kirib bormoqda

AQSH prezidenti Donald Tramp Yevropa mamlakatlarini migratsiya inqirozini bartaraf eta olmayotgani uchun keskin tanqid qildi.

U Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqida shu haqda gapirdi.

Trampning ta’kidlashicha, qit’ada migrantlar tomonidan amalga oshirilayotgan jinoyatlar soni tobora ko‘paymoqda. Shu bilan birga, Vashington bu muammoga yechim topganini ta’kidladi.

— Ishoning, men bu masalalarni yaxshi bilaman. Mamlakatlaringiz halokat yo‘liga kirib bormoqda. Amerikada biz nazoratsiz migratsiyani to‘xtatish uchun qat’iy choralar ko‘rdik. Chegaradan noqonuniy o‘tganlarni ushlab, deportatsiya qilishni boshlagandan keyin ular kelishni to‘xtatdi, — dedi u.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa hozir misli ko‘rilmagan noqonuniy muhojirlar to‘lqiniga duch kelgan va bu holatga qarshi hech qanday samarali chora ko‘rilmayapti.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.