Erdog‘an Makronga nisbatan hazilomuz gapirdi

Erdog‘an Makronga nisbatan hazilomuz gapirdi

BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida o‘tgan muhim yig‘ilishda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Fransiya rahbari Emmanuel Makron haqida hazilomuz so‘zlar qildi.

Jurnalist Ragip Soyluning xabar berishicha, ikki yetakchi salomlashar ekan, biri ikkinchisidan ishlar qanday ketayotganini so‘ragan. Makron kulimsirab “xursandman”, deb javob bergan. Shunda Erdog‘an sho‘xlik bilan: “Demak, u yaxshi ishlayotgan paytlari ham bor-ku”, deya izoh bergan.

Soylu bu vaziyatni “Erdog‘an va Makronning noqulay muloqoti” sifatida baholagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.