Nikolya Sarkozi besh yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Nikolya Sarkozi besh yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi Liviya tomonidan prezidentlik kampaniyasini moliyalashtirish ishi bo‘yicha besh yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud uni aybdor deb topdi, deb yozmoqda Kursiv media sayti.
Ish bo‘yicha sobiq ichki ishlar vaziri Klod Gean olti yilga qamaldi va 250 ming yevro jarimaga tortildi, Bris Ortefe ikki yilga qamaldi va 50 ming yevro jarimaga tortildi. Kampaniyaning sobiq g‘aznachisi Erik Vert va yana ikki shaxs oqlandi.
Aksiyani noqonuniy moliyalashtirish bo‘yicha tergov 2013-yilda boshlangan. Ayblovlarning asosiy manbasi - Liviya 2007 yilgi saylovlarni moliyalashtirganini da’vo qilgan tadbirkor Ziyod Takiddin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.