Ryutte: NATO Rossiya samolyotini urib tushirishi kerak

Ryutte: NATO Rossiya samolyotini urib tushirishi kerak

NATO bosh kotibi Mark Ryutte Rossiya havo hujumchi samolyotlariga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish tarafdori ekanini bildirdi.

“Men Trampning chaqiriqlarini qo‘llab-quvvatlayman. Agar Rossiya samolyoti NATO havo hududini buzsa, uni urib tushirish kerak”, — dedi u Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan matbuot anjumanida NATO davlatlari o‘z havo hududiga kirgan Rossiya uchoqlarini yo‘q qilishi mumkinligini aytgan edi.

Shu bilan birga, undan: “Agar Yevropa Rossiya samolyotini urib tushirsa, AQSH ularni himoya qiladimi?” — degan savol so‘raldi. Tramp esa bu borada aniq javob bermasdan, “holatga bog‘liq” deya izoh bilan cheklandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.