AQSHning Texas shtatda samolyot quladi


Texas shtatida fojiali aviahalokat yuz berdi. Xarris okrugi shimoli-g‘arbi hududida yengil samolyot qulashi oqibatida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda mahalliy hokimiyat organlariga tayanib, ABC 13 telekanali xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1972 yilda ishlab chiqilgan ikki dvigatelli Cessna 340 samolyoti aeroportdan ko‘tarilgandan so‘ng Lubbok shahri tomon yo‘l olgan. Biroq parvoz vaqtida bortda texnik nosozlik yuzaga kelgan va havo kemasi halokatga uchragan.
Hodisa yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













