Afg‘oniston va Pokiston chegarasida to‘qnashuv

Afg‘oniston va Pokiston chegarasida to‘qnashuv

Afg‘oniston va Pokiston chegarasida to‘qnashuv

Afg‘oniston Tolibon hukumati Pokiston bilan chegarada harbiy to‘qnashuv bo‘lganini tasdiqladi. Tolibon vakillari 58 nafar Pokiston askari halok bo‘lgani, 30 kishi yaralangani haqida ma’lum qildi.

Tolibon bu hujumni “javob zarbasi” deb atadi. Ularning aytishicha, Pokiston avval Afg‘oniston hududidagi bozorni bombardimon qilgan va tinch aholiga zarar yetkazgan.

Pokiston ichki ishlar vaziri Mohsin Naqviy bu hujumlarni “asossiz” deb atadi. U mamlakati bunga qat’iy javob berishini, har bir hujumga javoban choralar ko‘rilishini bildirdi.

Chegaradagi Torxam va Chaman o‘tish joylari yopildi, yuzlab yuk mashinalari to‘xtab qoldi. Saudiya Arabistoni va Qatar esa tomonlarni vazminlikka va muloqotga chaqirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Oqiljon Muhammad
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.