Tramp: Yaqin Sharq uchinchi jahon urushining sababchisiga aylanmaydi

Tramp: Yaqin Sharq uchinchi jahon urushining sababchisiga aylanmaydi

AQSH prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharq mintaqasi uchinchi jahon urushining sababchisiga aylanmasligini ta’kidladi.

Bu haqda u Misrda o‘tkazilgan Yaqin Sharq tinchlik sammitida so‘zga chiqar ekan, shunday dedi:

“Ko‘p yillar davomida odamlar uchinchi jahon urushi aynan Yaqin Sharqda boshlanishi mumkinligini aytgan. Ammo bu hech qachon ro‘y bermaydi. Biz bu urushning umuman boshlanishini xohlamaymiz”, — deya ta’kidladi Amerika rahbari.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi barqarorlikni saqlab qolish va yangi mojarolarning oldini olish — AQSHning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.