Hindiston Trampning bayonotini rad etdi

AQSH prezidenti Donald Tramp o‘z bayonotida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi unga mamlakat Rossiya neftini xarid qilmasligini ma’lum qilganini aytdi.
“Modi bugun menga Hindiston Rossiyadan neft sotib olmayotganini bildirdi. Endi xuddi shunday kelishuvga Xitoy bilan ham erishish qoldi”, — degan Tramp.
Biroq Hindiston Tashqi ishlar vazirligi prezident Trampning bu gaplarini inkor etdi. Rasmiy Dehlining ta’kidlashicha, Narendra Modi chorshanba kuni Tramp bilan umuman muloqot qilmagan.
“Bunday suhbat umuman bo‘lmagan”, — dedi Hindiston tashqi ishlar vazirligi vakili.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













