2016 yilda 93 jurnalist terakt va otishmalar sabab halok bo‘ldi


2016 yilda kamida 93 jurnalist professional faoliyatlari bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar sabab halok bo‘lishdi. Bu haqda Xalqaro jurnalistlar federasiyasiga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Federasiya ma’lumotlariga ko‘ra, jurnalistlar dunyoning 23 mamlakatidagi terakt va otishmalarda halok bo‘lishgan. Eng ko‘p jurnalistlar Iroq (15 kishi), Afg‘oniston (13 kishi) va Meksikada (11 kishi) hayotdan ko‘z yumgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 jurnalist aviahalokatlar qurboniga aylangan – ularning ichida Braziliyadan bo‘lgan 20 nafar sport jurnalisti va harbiy samolyot bortida bo‘lgan to‘qqizta rossiyalik jurnalist bor.
Ta’kidlanishicha, bir necha jurnalistlar bedarak yo‘qolgan va ehtimol o‘ldirilgan. Biroq, federasiya bu boradagi aniq ma’lumotlarga ega emas.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













