Pushkin instituti rus tilidagi 55 ta harfdan iborat eng uzun so‘zni aytdi

A.S.Pushkin nomidagi institut sun’iy intellekt yordamida rus tilidagi eng uzun so‘zni aniqladi - bu \"tetragidropiranilsiklopentiltetragidropiridopiridinli\" («тетрагидропиранилциклопентилтетрагидропиридопиридиновые») sifatidir. Bu haqda institutning umumiy va rus tilshunosligi kafedrasi mudiri Pavel Katishevga tayanib, \"RIA Novosti\" xabar berdi.
Bu so‘z 2006 yilda ro‘yxatga olingan ixtiro patenti nomida keltirilgan. \"Sun’iy intellekt yordamida biz eng uzun ruscha so‘z maqomiga \"tetragidropiranilsiklopentiltetragidropiridopiridinli\" sifati da’vogarlik qilayotganini aniqladik,\" - dedi olim.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













