Buka tumanida minglab uylar gazziz qoldi

Buka tumanida minglab uylar gazziz qoldi

Buka tumanida minglab uylar gazziz qoldi
Energetika vazirligi matbuot xizmati rasmiy xabar e\'lon qildi. Toshkent viloyati Buka tumani \"Do\'stlik\" MFY hududida ekskavator yordamida olib borilgan ishlar vaqtida yer osti yuqori bosimli gaz quvuri shikastlangan va tabiiy gaz yetkazib berishni vaqtincha to\'xtatish qarori qabul qilingan.

Avariya natijasida 3 120 xonadon va 28 ta yirik iste\'molchi gaz ta\'minotisiz qoldi. To\'xtash holati \"Do\'stlik\", \"O\'zbek\", \"Toshloq\", \"Guliston\" va \"Yangi Hayot\" MFYlarida yashovchi aholini qamrab oldi.

Hozirda tuman gaz ta\'minoti tashkilotining avariya brigadasi gaz quvurini ta\'mirlash bo\'yicha shoshilinch ishlarni olib bormoqda. Ta\'mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta\'minoti to\'liq tiklanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.