Xitoy janubida parranda grippiga chalinish bilan bog‘liq ikki yangi holat qayd etildi


Xitoy janubidagi Shenchjen shahrida (Guandun provinsiyasi) parranda grippining H7N9 shtammiga chalinish bilan bog‘liq ikki holat kuzatildi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Virus ikki keksa inson organizmida topildi. Ulardan biri og‘ir ahvolda. Ular bilan aloqada bo‘lgan odamlarga virus yuqmagani aniqlandi.
Bir muddat ilgari Xitoy sharqidagi Shandun provinsiyasida parranda grippi tufayli bir kishi olamdan o‘tdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













