Brent neftining narxi 55 dollardan oshdi


Londonning ICE Futures birjasida Brent nefti mart fyucherslarining bir barreli narxi 55,08 dollarga, Nyu-York tovar birjasida esa WTI nefti fevral fyucherslarining bir barreli 52,15 barrelga chiqdi. Bu haqda “Vedomosti”ga asoslanib “Daryo” xabar bermoqda.
Bozorlar ko‘pdan beri anchayin barqaror ko‘rsatkichlar namoyish etmoqda.
AQSh energetika vazirligi o‘tgan hafta mobaynida mamlakat neft zaxiralari 4 million barrelga o‘sganini ma’lum qildi. Bu tahlilchilar kutganidan ancha yuqori ko‘rsatkichlardir.
Shu va boshqa bir qator ijobiy yangiliklar tufayli fyucherslar narxi 2,7–2,8 foizga oshdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













