Istanbul terakti ijrochisi qo‘lga olindi

Istanbul terakti ijrochisi qo‘lga olindi
Istanbul terakti ijrochisi qo‘lga olindi

Yangi yil kechasi Istanbuldagi tungi klublardan birida qo‘poruvchilikni amalga oshirgan Abdulgadir Masharipovni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus amaliyot yakunlandi. Kelib chiqishi o‘zbekistonlik ekani aytilayotgan terrorchi Istanbulning Esonyurt tumanida qo‘lga olingan. Bu haqda NTV telekanaliga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, Masharipov qirg‘izistonlik gumashtasining uyida yashirinib kelayotgandi. U bu erga uch kun avval ko‘chib kelgan. “Abu Muhammad Xurosoniy” nomi bilan tanilgan Masharipovning yonida to‘rt yarim yoshli o‘g‘li ham bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, polisiya amaliyoti chog‘ida terrorchida o‘qotar qurol bo‘lmagan va qarshilik ko‘rsatmagan.

Istanbulning Reina klubida sodir etilgan xunrezlik oqibatida 39 kishi qurbon bo‘lgan, 69 shifoxonaga yotqizilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.