Kanadada ayiq maktab o‘quvchilariga hujum qildi

Kanadada ayiq maktab o‘quvchilariga hujum qildi

Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi hududida joylashgan Bella Kula qishlog‘ida maktab sayri paytida grizli ayiq hujumi yuz berdi. Hodisa Vankuver shahridan 700 km uzoqlikda ro‘y berdi.

To‘rtinchi va beshinchi sinf o‘quvchilari tabiat sayrida bo‘lganida, ularga tajovuzkor ayiq hujum qilgan. O‘quvchilardan biri — 10 yoshli Alvares — jonivorga shunchalik yaqin bo‘lganidan, “uning junini his qilganini” onasi aytgan.

Jami 11 kishi tan jarohati olgan. Ulardan ikki nafari og‘ir ahvolda, yana ikki nafarning ahvoli o‘rtacha. Bolalarni himoya qilishga uringan o‘qituvchilardan biri ayiq hujumini o‘ziga qaratgan. Voqeadan so‘ng maktabda darslar to‘xtatilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.