Hindistonda poezdning relslardan chiqishi oqibatida qurbonlar soni 23 nafarga etdi


Hindistonda poezdning 7 vagoni va lokomotivi relslardan chiqishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 23 kishiga etdi. Bu haqda NDTV telekanali xabariga asoslanib Kun.uz yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, halokat qurbonlari soni oshishi mumkin.
Hindiston temir yo‘llar vaziri Suresh Prabxu vaziyatni o‘z nazoratiga olgan. U amaldorlarga voqea joyiga chiqib, tezlik bilan qidiruv-qutqaruv operasiyasini o‘tkazishni ta’minlashni buyurdi.
\"Barcha qutqaruv va yordamchi xizmatlar zudlik bilan safarbar qilinishi kerak\", deb aytgan vazir.
Avvalroq Bxubaneshvar shahriga ketayotgan poezd Kuneru stansiyasi yaqinida relslardan chiqib ketgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













