Xitoyda 10 soniya ichida 19 bino portlatildi


Xitoyning Uxan shahrida maqsadli portlatish natijasida 19 bino buzib tashlandi. Ko‘p qavatli inshoot 10 soniya ichida er bilan bitta bo‘ldi, xabar beradi \"Vodiymedia\".
Ushbu portlatirish ishlari 21 yanvar kuni kechqurun amalga oshirildi. Binolarni buzish uchun 5 tonna portlatgich ishlatildi. Qo‘porish moslamalarini o‘rnatish uchun 120 mingdan oshiq teshiklar tayyorlandi. Bu orqali qisqa vaqt ichida inshoot parchalab tashlandi.
Nashrning ma’lumot berishicha, buzilgan imoratlarning o‘rnida zamonaviy biznes dahasi bunyod etiladi. Jumladan, bu joyda balandligi 70 metrdan oshuvchi osmono‘par inshoot ham barpo etiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













