Malayziya bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan himoya qilmoqchi

Malayziya bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan himoya qilmoqchi

Malayziya bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan himoya qilmoqchi
Malayziya hukumati 2026 yildan boshlab 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar berdi.

Aloqa vaziri Faxmi Fazil ma’lum qilishicha, bu qaror bolalarni raqamli tahdidlardan himoya qilish zarurati bilan izohlangan. Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik, moliyaviy firibgarlik va qo‘rqitish kabi xavflarning oldini olish maqsad qilingan.

“New Straits Times”ning yozishicha, ijtimoiy tarmoqlar 2026 yilgacha elektron identifikatsiya tizimini joriy etishga tayyor bo‘lishi kerak. Yaqin oylarda bu jarayon jamoatchilik va operatorlar bilan muhokama etiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.