Supermen komiksi tasodifan topilib rekord narxga sotildi

Supermen komiksi tasodifan topilib rekord narxga sotildi

AQSHda ikki aka-uka onasining chordog‘idan 1939-yilga oid nodir Supermen komiksini topib olishdi. U eski gazetalar orasida, karton quti ichida saqlanib qolgan ekan.

Mutaxassislar nashr holatini 10 balldan 9 ball deb baholadi — bu deyarli ideal holat hisoblanadi.

Komiks 20-noyabr kuni auksionda 9,12 million dollarga sotilib, tarixdagi eng qimmat komiksga aylandi.

Avvalgi rekord egasi 1938 yilgi Supermenning ilk chiqishi aks etgan nashr bo‘lib, uning narxi bugungi rekorddan 3 million dollarga pas edi.

Shu orada san’at olamida yana bir rekord kuzatilgan — Van Gogning “Parij romanlari to‘plamlari va stakandagi atirgullar” kartinasi 62,7 million dollarga sotilgani ham xabar qilingan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.