Xitoyda yuz bergan fojiada 11 nafar yo‘lsoz hayotdan ko‘z yumdi

Xitoyda yuz bergan fojiada 11 nafar yo‘lsoz hayotdan ko‘z yumdi

Xitoyning janubida joylashgan Kunmin hududida qattiq tezlikda harakatlangan poyezd seysmik uskunani tekshiruvdan o‘tkazayotgan yo‘lsozlarni urib ketdi. Achchiq voqea natijasida 11 nafar ishchi halok bo‘lgani, yana ikki kishi og‘ir jarohatlangani ma’lum qilindi.

Jabrlanuvchilar darhol shifoxonaga yetkazilgan.

Fojia ertalab sodir bo‘lgan — yuqori tezlikda kelayotgan poyezd temir yo‘l ustida ish olib borayotgan xodimlarni payqamay urib yuborgan.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.