Dunyodagi eng past bo‘yli ayg‘ir Pumukel sensatsiyaga aylandi (video)

Dunyodagi eng past bo‘yli ayg‘ir Pumukel sensatsiyaga aylandi (video)

Germaniyalik mitti ayg‘ir Pumukel yana bir bor jahon e’tiborini o‘ziga burdi — u rasman dunyodagi eng past bo‘yli ot deb tan olindi. Ginnes rekordlar kitobi tashkiloti maxsus o‘lchov o‘tkazib, ayg‘irning bo‘yi atigi 52,6 santimetr ekanini tasdiqladi. Shu bilan Pumukel avvalgi rekordchi — Polshadagi Bombel nomli ayg‘irni ham ortda qoldirdi.

O‘lchov jarayoni 2025-yil 16-avgust kuni Brekkerfeld shahrida amalga oshirilgan. Ginnes hakamlari Pumukelning bo‘yi oldingi rekorddan taxminan 4 santimetr pastroq ekanini qayd etishdi. Qizig‘i shundaki, ayg‘irning bunday kichik bo‘yi seleksiya yoki sun’iy tanlov mahsuli emas — bu uning tabiiy xususiyati. Hatto toychoqligidayoq u boshqalardan ancha farq qilgan: o‘sha vaqtdagi bo‘yi bor-yo‘g‘i 47 santimetr bo‘lgan.

Dunyodagi eng past bo‘yli ayg‘ir Pumukel sensatsiyaga aylandi (video)

Pumukelning bunday mayda gabaritlari uni nafaqat mashhur qilmoqda, balki uning hayotiga yanada ezgu vazifa ham yuklaydi. Ayg‘ir terapevtik dasturlarda faol ishtirok etadi: u reabilitatsiya markazlari, maxsus o‘quv muassasalariga borib, bolalar va kattalarga ruhiy qo‘llab-quvvatlash vazifasini o‘taydi. Egasining ta’kidlashicha, Pumukel o‘ta xotirjam, muloyim va muloqotga moyil xarakteri bilan boshqalardan ajralib turadi.

Uning qanchalik kichkina ekanini tasavvur qiling

Pumukel haqiqatan ham g‘oyat kichik — buni qiyoslar orqali oson anglash mumkin:

  • Uning bo‘yi oddiy labrador itidan ham past (labradorlar odatda 55–60 sm).
  • Yirik g‘oz yoki kurka bilan deyarli bir holatda.
  • Pakana echki bilan teng, ammo oddiy echkidan past (odatda 60–70 sm).
  • Poni bilan qiyoslaganda esa umuman “miltiqdek”: ponilar 90–140 sm bo‘ladi.

Dunyodagi eng past bo‘yli ayg‘ir Pumukel sensatsiyaga aylandi (video)

Internet yulduziga aylangan ayg‘ir

G‘ayrioddiy ko‘rinishi sabab Pumukel butun dunyo media makonida shov-shuvga aylangan. Uning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda virusli tarzda tarqaldi, turli nashrlar ayg‘ir haqida maqolalar chop etdi. Hatto 2025-yilning eng ko‘p muhokama qilingan hayvonlari ro‘yxatida Pumukel yetakchi o‘rinlarni egalladi.

Ayg‘irning tabiiy kamtar bo‘yi, mexribon tabiati va rekordchiga aylangani uni millionlab odamlar uchun quvonch va iliq his-tuyg‘ular manbaiga aylantirmoqda. Pumukel hozircha jahon rekordini qo‘lda ushlab turibdi — va unga raqobatchi topilishi, ayniqsa tabiatda, juda mushkul ko‘rinadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.