Fransiyada ixtiyoriy harbiy xizmat yo‘lga qo‘yiladi

Fransiyada ixtiyoriy harbiy xizmat yo‘lga qo‘yiladi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatda ixtiyoriy harbiy xizmat tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini ma’lum qildi. Yangi tizim 2026-yil yozidan boshlab ishga tushadi.

Ixtiyoriy xizmatga borganlar 10 oy davomida xizmat qiladi va ular uchun haq to‘lanadi. Prezidentning ta’kidlashicha, ushbu xizmatda qatnashganlar Ukrainadagi harbiy harakatlar hududiga yuborilmaydi.

Dastlabki bosqichda 2000–3000 nafar fuqaro jalb qilinadi. Kelgusida bu ko‘rsatkich bosqichma-bosqich oshirilib, yiliga 50 ming nafargacha yetkazilishi rejalashtirilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.