Ozarbayjonda mamlakatda teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan 4 nafar terrorchi yo‘q qilindi


Ozarbayjonda mamlakatda teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan 4 nafar terrorchi yo‘q qilindi. Bu haqda «Vestnik Kavkaza»ga asoslanib «Daryo» xabar berdi.
«31 yanvar, seshanba kuni o‘tkazilgan o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operasiya chog‘ida M. Ulug‘bekov, G. Demirov, T. Almamedov va S. Mamedov yo‘q qilindi. F. Sadixov qo‘lga olindi. Mazkur shaxslar avtomat va to‘pponchalardan o‘t ochib, qurolli qarshilik ko‘rsatdi», — deyiladi xizmat xabarida.
Hozirda tezkor tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













