Olmaotada poyezdda 52 kishi zaharlandi: kim aybdor?

Olmaotada poyezdda 52 kishi zaharlandi: kim aybdor?

Qozog‘istonda Olmaota-2 stansiyasida poyezdda 52 kishi noma’lum gazdan zaharlandi. Yordam ko‘rsatish uchun 13 ta tez tibbiy yordam guruhi safarbar qilingan.

Xabarlarga ko‘ra, hodisa tabiiy gazdan zaharlanish oqibatida yuzaga kelgan. Ammo Qozog‘iston temir yo‘li operatori buni rad etib, zaharli uglerod oksidi ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, QTJ hodisaga aloqasi yo‘qligini aytdi. Poyezd xususiy tashuvchiga tegishli bo‘lib, vagonlar kinostudiyaga suratga olish uchun berilgan.

Zaharlanish oqibatida 10 bola kasalxonaga yotqizildi. Tergov ishlari olib borilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.