Tramp Eronni «birinchi raqamli terrorchi davlat» deb atadi


AQSh prezidenti Donald Tramp Eronni «birinchi raqamli terrorchi davlat» deb atadi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
«Eron mamlakatimizni mutloqo hurmat qilmaydi. U birinchi raqamli terrorchi davlat. Mablag‘larini qurollanishga sarflamoqda», — deya ta’kidladi Tramp 5 fevral, yakshanba kuni Fox News telekompaniyasiga bergan intervyusida.
AQSh etakchisi Tehronga nisbatan sanksiyalar nuqtai nazaridan munosabatda bo‘lishni va’da qildi. «Biz buni amalga oshirishni boshladik», — dedi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Tehron tomonidan ballistik raketalar dasturi ishlab chiqilgani tufayli Eronga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













