Kreml Putinni qotil, deb ataganlarning uzr so‘rashini kutyapti

Kreml Putinni qotil, deb ataganlarning uzr so‘rashini kutyapti
Kreml Putinni qotil, deb ataganlarning uzr so‘rashini kutyapti

Kremldagilar amerikaning “Fox news” telekompaniyasidan Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putinni qotil deb ataganlari uchun uzr so‘rashlarini kutmoqda. Bu haqda Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilgan, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

“Fox news” muxbirining ehtiyotsizlik qilib aytgan bu gaplari noo‘rin va haqoratlidir. Biz kompaniyaning o‘z nufuziga yarasha ish tutib, Rossiya prezidenti sha’niga aytilgan bu gapi uchun kechirim so‘rashi kerak, deb hisoblaymiz”, deydi Peskov.

Peskov Tramp bilan bo‘lib o‘tgan efirdagi mazkur intervyuda muxbirning ushbu haqoratli gapiga Amerika prezidenti nima deb javob bergani haqida to‘xtalib o‘tirmadi.

Lekin ma’lumotlarga ko‘ra, intervyuda teleshou boshlovchisi Bill O’Rayli AQSh va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik haqidagi savollarining birida Putinni qotil deb atagan. Lekin Tramp bunga, “Qotillar ko‘p, bizda qotillar ko‘p. Yoki siz davlatimiz shu qadar begunoh, deb o‘ylaysizmi?”, deb javob bergan. Keyin u RF prezidentiga o‘z ehtiromini bildirib, “AQSh Rossiya bilan kelishib ishlashi kerak, aksincha emas!”, degan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.