Tramp Obamaga yoqishiga ishonchi komil


AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning sobiq etakchisi Barak Obama uni yoqtiradi, deb hisoblaydi. Trampning o‘zi ham, o‘z navbatida unga yaxshi munosabatdadir, deb yozadi «Daryo» nashri.
«Biz o‘zaro chiqishamiz. U buni tan oladimi, yo‘qmi, bilmadim, lekin men unga yoqaman. U menga yoqadi, chunki men buni his qilaman», — dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Shunga qaramay, Tramp ilgariroq Obama ikkalasi «bir-biriga xunuk gaplarni gapirgani»ni e’tirof etdi. «Siyosat — g‘aroyib narsa», — deya xulosa qildi u.
Avvalroq Obama Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqanidan keyin u bilan o‘tkazgan suhbatlaridan huzur-halovat olganini aytgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













