DPS xodimlarini haqorat qilgan andijonlik jazolandi


Andijon viloyati IIB YHXB matbuot xizmatining ma\'lumotiga ko\'ra, Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro ijtimoiy tarmoqda xodimlar tomonidan tayyorlangan videorolikni ko\'rib, salbiy izoh qoldirgan. Bu haqda Upl.uz xabar beradi.
U o\'z izohida huquq-tartibot idoralari vakillariga nisbatan nomaqbul ifodalarni ishlatgan. Mazkur holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilib, huquqbuzarning shaxsi aniqlangan.
Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma\'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining «Mayda bezorilik» moddasi bo‘yicha ma\'muriy bayonnoma tuzilib, ish Paxtaobod tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilgan. Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro aybdor deb topilib, unga 7 sutka ma\'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













