Filippinda ro‘y bergan zilzilada 4 kishi halok bo‘ldi

Filippinda ro‘y bergan zilzilada 4 kishi halok bo‘ldi
Filippinda ro‘y bergan zilzilada 4 kishi halok bo‘ldi

Filippin davlatining janubiy qismlarida ro‘y bergan er silkinishi oqibatida kamida 4 kishi hayotdan ko‘z yumgan, yana 90 kishi yaralangan. Zilzila kuchi Rixter shkalasi bo‘yicha 6,7 ballni tashkil etgan, deb xabar qilmoqda Kun nashri.

Avvalroq, Channel NewsAsia telekanali tabiiy ofat oqibatida 3 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar qilgan edi. Er silkinishi, shuningdek, elektr ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘lgan. Hozirda, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgani aytilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.