Gitler tug‘ilgan shaharda uning qiyofadoshi qidirilmoqda

Gitler tug‘ilgan shaharda uning qiyofadoshi qidirilmoqda
Gitler tug‘ilgan shaharda uning qiyofadoshi qidirilmoqda

Avstriya polisiyasi Adolf Gitler qiyofasida uning ona shahri bo‘lgan Braunau-am-Inn bo‘ylab sayr qilib yurgan erkakni qidirmoqda. Bu haqda \"Oberösterreichische Nachrichten\" nashriga tayanib Kun xabar bermoqda.

Gitler zamonidagi kostyum kiygan, diktatorga xos mo‘ylab va soch turmagiga ega yosh erkakni bir necha bor ko‘rishgan. Guvohlarning aytishicha, \"soxta\" Gitler 25-30 yoshlar atrofida. Shuningdek, u Gitler tug‘ilgan uy fonida suratga tushgan va kitob do‘konida Ikkinchi jahon urushi haqidagi jurnallarni varaqlagan.

Gitler qiyofadoshi tashrif buyuradigan barda u \"Xarald Gitler\" nomi bilan ma’lum.

Avstriya huquq-tartibot muassasalari bu vaziyatning barcha tafsilotlarini aniqlashtirmoqdalar va erkak jazolanishi mumkinligini aytishmoqda.

\"Adolf Gitler shaxsini boshqalar ko‘z o‘ngida ulug‘lash – jinoyatdir\", deb izoh berilgan bu holatga hududiy prokuraturada.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.