Rossiya havo zarbasi Xarkov markaziga qaratildi

Rossiya havo zarbasi Xarkov markaziga qaratildi

Juma kuni Rossiya qo‘shinlari Ukrainadagi Xarkov shahri markaziga havodan hujum uyushtirdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida kamida 12 nafar inson turli darajada tan jarohati olgan.

Bu haqda Xarkov shahri meri Igor Terexov ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, havo zarbasi shaharning Kiyevskiy tumanida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosiga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu havo hujumi natijasida atrof-muhit va infratuzilmaga katta miqdorda zarar yetgan. Hodisa joyida qutqaruv xizmatlari va tegishli idoralar ish olib bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.