Tramp: “Kuba hukumati qulash arafasida”

Tramp: “Kuba hukumati qulash arafasida”

AQSH prezidenti Donald Tramp Kuba hukumati daromad yetishmasligi sababli qulash arafasida turibdi, deb bildirdi.

“O‘ylaymanki, siz Kubaning qulashga tayyorligini ko‘ryapsiz. Kuba qulashga tayyordek ko‘rinadi. Ular qanday chidashadi yoki qanday chora ko‘rishadi — bilmayman”, — dedi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kuba hozirda hech qanday daromadga ega emas. “Ular barcha daromadlarini Venesuela neftidan olishgan, endi esa hech narsa olishmayapti. Kuba tom ma’noda qulashga tayyor”, — deya qo‘shimcha qildi AQSH prezidenti.

Vashingtonning Gavanaga qarshi ehtimoliy harbiy harakatlari haqida so‘ralganda, Tramp bunday harakatning zarurligiga ishonmasligini aytdi. “Menimcha, u shunchaki qulaydi. Hech qanday chora ko‘rish shart emas, shunchaki qulaydigan”, — dedi u.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.