Eronda bir haftadan beri internet butunlay uzilgan

Eronda bir haftadan beri internet butunlay uzilgan

Eronda internet bir haftadan beri to‘liq uzilib qoldi.

Bu haqda NetBlocks xalqaro internet monitoring xizmati xabar berdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, Eron hukumati bu chorani mamlakatdagi norozilik namoyishlarini xavfsizlik kuchlari tomonidan bosib olish usullarini xalqaro hamjamiyatdan yashirish maqsadida qo‘llagan.

Shuningdek, ilgari internetda Eronda namoyishchilarga qarshi qo‘llanilgan zo‘ravonlikni aks ettiruvchi videolavhalar tarqalgan edi. Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda namoyishchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lganlar aniq soni hali rasman e’lon qilinmagan.

Bu holat Eronda internetga erishishning to‘liq to‘xtatilishi va xalqaro kuzatuvchilarni axborotdan mahrum qilishga qaratilgan siyosiy chora sifatida baholanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.