Tramp Eron bilan muzokaralar jiddiy kechayotganini aytdi

Eron hozirda Qo‘shma Shtatlar bilan mazmunli va jiddiy muzokaralar olib bormoqda. Vashington tomonlar o‘rtasida barcha uchun maqbul bo‘lgan kelishuvga erishiladi, degan umidda.
AQSH prezidenti Donald Tramp bu haqda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi.
Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Eron tomoni AQSH bilan faol ravishda muzokaralar jarayonini davom ettirmoqda.
— Ular biz bilan muzokaralar olib bormoqda, bu — jiddiy muzokaralar. Umid qilamanki, muzokaralarda ishtirok etayotgan tomonlar barcha uchun maqbul bo‘lgan qaror yuzasidan kelishuvga erishadi, — dedi Donald Tramp.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













