Saudiya Arabistonida tuyalarni ro‘yxatga olish tizimi joriy qilindi

Saudiya Arabistonida tuyalarni ro‘yxatga olish tizimi joriy qilindi

Saudiya Arabistonida tuyalar uchun maxsus identifikatsiya hujjatlari — pasportlar joriy etilishi e’lon qilindi. Bu haqda mamlakatning Atrof-muhitni muhofaza qilish, suv manbalaridan foydalanish va qishloq xo‘jaligini boshqarish vazirligi ma’lum qildi.

Yangi tartibga ko‘ra, tuya pasporti rasmiy akkreditatsiyadan o‘tgan hujjat bo‘lib, unda har bir tuyaga oid shaxsiy ma’lumotlar, uning nasli va egasining to‘liq tafsilotlari qayd etiladi.

Saudiya Arabistonida tuyalarni ro‘yxatga olish tizimi joriy qilindi

Mazkur tizim orqali chorva hayvonlari ustidan nazorat kuchaytiriladi, shuningdek, ularni identifikatsiya qilish, sog‘lig‘ini kuzatish va mulk egalarini aniqlash osonlashadi. Rasmiylarga ko‘ra, bu innovatsion yondashuv tuyachilik sohasida tartib-intizom va xavfsizlikni oshirishga xizmat qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.