Suriya shimolida minglab kishilar urushdan qochmoqda

Suriya shimolida minglab kishilar urushdan qochmoqda
Suriya shimolida minglab kishilar urushdan qochmoqda

BMTning gumanitar masalalar bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qildiki, Suriyada yana 66 ming kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, Suriya shimolidagi Al-Bob va Taduf shaharlaridan 40 mingga yaqin kishi chiqqan.

Bu hudud ayni vaqtda IShIDdan Turkiya hukumati qo‘llab-quvvatlayotgan muxolifat kuchlari nazoratiga o‘tgan.

Yana 26 ming kishi Suriya armiyasi jang olib borayotgan, Al-Bobdan sharqda joylashgan qishloqlardan chiqqan.

Qochqinlarning harakatlanishi qiyinlashmoqda, atrof hududlarga jangarilar minalar o‘rnatgan.

Qochqinlarning aksar qismi AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Suriya demokratik kuchlari nazoratidagi hududlarga yo‘l olgan.

Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan buyon mamlakat aholisining deyarli yarmi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.